Turistik xizmatlar

Parkent tumani Toshkent shahridan sharqda, 40 km masofada joylashgan bo’lib, Toshkent viloyati tarkibiga kiradi. Tuman 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Tuman hududi 1,02 ming kv.km. Aholisi 115 ming kishi. Tuman markazi Parkent shahri (aholisi 45 ming kishi). Tumanda 1 ta shahar va 25 ta qishloq mavjud.

Parkent tumani Chotqol tog’ tizmalari yon bag’rida joylashgan bo’lib, garbdan Yuqori Chirchiq, janubdan Ohangaron va qisman O’rta Chirchiq tumanlari bilan chegaradosh. U sharq va shimol taraflardan Chotqol tog’ tizmalari bilan tutashgan. Parkent tumani tog’li hudud bo’lib, unda Chotqol tog’ tizmalaridan boshlanadigan irmoqlar qo’shilib hosil qiladigan Boshqizilsoy, Parkentsoy, So’qoqsoy, Zarkentsoy, Changi-Hisaraksoylar ayniqsa, bahor mavsumida to’lib oqadi.

Parkent tumani o’zining so’lim oromgohlari hamda qo’riqhonalari bilan ham mashhurdir. “Kumushkon”, “So’qoq”, “Sumcha” dam olish uylari, “Chotqol” davlat biosfera qo’riqhonasi, “Chotqol” tog’-meliorativ tajriba stantsiyasi shu tuman hududida joylashgan. Tumanning tog’li qismi o’rmonlar bilan qoplangan bo’lib, ularni Parkent tuman o’rmon xo’jaligi idorasi boshqaradi. Parkent tumanining Hisarak qishlog’i g’arbdan Kumushkon qishlog’i bilan, shimol va sharqdan esa Parkent vohasi bilan chegaradosh. Bu hududda “Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasining Materialshunoslik instituti joylashgan.

Materialshunoslik institutining “Katta Quyosh Sandoni” noyob ilmiy ob’ektida turistlarga xizmat ko’rsatish xizmati tashkil etilgan. Ob’ektga kirish tasdiqlangan preyskurant asosida amalga oshiriladi.

Tashrif vaqtini oldindan kelishish uchun tel.: +998 90 167 5582, +998 97 446 7944, +998 93 590 5128, +998 70 722 5295

e-mail: info@imssolar.uz

 

“KATTA QUYOSH SANDONI” noyob ilmiy obektiga tashrif buyurish uchun narxlar ro’yxati (2019 yil uchun)

Ekskursiyalar ro’yxati Xizmatlar ro’yxati Xizmat narxlari (1 kishi uchun)
 

1.

Ob’ektda kun davomida yo’lboshlovchi bilan sayohat o’tkazish:

(8.00-17.00)

1 soat uchun

Muzeyga tashrif, gelioststlar maydonini va Katta Quyosh Pechi (KQP) konsentratorini tomosha qilish. Kattalar uchun: 10 000 so’m

Talabalar uchun: 7 000 so’m

O’quvchilar uchun: 3000 so’m

Chet ellik mehmonlar uchun: 30 000 so’m

 

2.

2 soat uchun Muzeyga tashrif, gelioststlar maydonini, gidrometeorologik stansiyani, KQPda materiallarni eritish jarayonini tomosha qilish va konsentrator tomosha maydonchasiga chiqish. Kattalar uchun: 20 000 so’m

Talabalar uchun: 10 000 so’m

O’quvchilar uchun: 3000 so’m

Chet ellik mehmonlar uchun: 50 000 so’m

3. 3 soat uchun Muzeyga tashrif, gelioststlar maydonini gidrometrologik stansiyani, KQP ida materiallarni eritish jarayonini tomosha qilish, texnologik minora, astronomiya laboratoriyasining tomoshasi, tabiat qo’ynida tamaddi qilish (issiq choy, qahva, somsa, buterbrod). Kattalar uchun: 50 000 so’m

Talabalar uchun: 25 000 so’m

Maktab o’quvchilari uchun: 15 000 so’m

Chet ellik mehmonlar uchun: 80 000 so’m

4. Ob’ektda tungi sayohat uyushtirish (20.00-23.00) Geliomaydonni, konsentratorni tomosha qilish, astronomik laboratoriya teleskopida tungi osmonni tomosha qilish.  50 000 so’m
5. Videokliplar olish va fotosessiya uyushtirish Geliomaydon va konsentrator fonida videotasvir, videokliplar va fotosessiyalar uyushtirish. 500 000 so’m
6. Avtoturargoh Har qanday avtomobillar uchun: 1000 so’m
Ikkinchi jahon urushi va afg’on urushi qatnashchilari hamda 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun kirish bepul

 

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.