Yozgi maktab

O’zR FA Materialshunoslik institutining «Fizik talabalar uchun yozgi maktab» dasturi to’g’risida

 

Materialshunoslik instituti har yili fizik talabalar uchun o’zida ta’lim olish, amaliy mashg’ulotlar va mazmunli dam olishni mujassamkashtirgan fanlararo yozgi maktab o’tkazadi.

Yozgi maktabida ishtirok etish talabalarga tadqiqot, analitik fikrlash va astrofizika sohasida o’z malakasini oshirishga yordam beradi. Ushbu sohalarda olingan kuchli ko’nikmalar vositasida, talabalar kelajakda tadqiqodchi-olim martabasiga erishish va boshqa professional o’sish imkoniyatlar uchun yaxshi tayyorgarlik ko’rishlari mumkin.

Yozgi maktabda bir nechta tematik seminarlar mavjud. Profillar qatoriga umumiy fizika, materialshunoslik, optika, astrofizika, qayta tiklanuvchi energiya va quyosh energiyasidan foydalanish kiradi. Oliy ta’lim muassasalarining manfaatlaridan kelib chiqib, profilga boshqa yo’nalishlarni qo’shish mumkin.

Yozgi maktab o’qituvchilari Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti va O’zbekiston Fanlar akademiyasining boshqa institutlaridan yetakchi olimlardir.

Yozgi maktab Toshkent viloyatining so’lim Parkent tumanida, Tyan-Shan tog ‘ etagida joylashgan O’zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining «Katta Quyosh Sandoni» noyob – ilmiy obyekti bazasida tashkil etiladi.

«Katta Quyosh Sandoni» geliostat maydonidan va paraboloid kontsentratordan tashkil topgan, yuqori zichlikdagi barqaror energiya oqimini tashkil etuvchi avtomatlashtirilgan nazorat tizimlariga ega murakkab optik-mexanik kompleksdir. Geliostat maydoni 62 geliostatni o’z ichiga oladi, uning sirt maydoni 3020 m2, kontsentratorniki -1840 m2. Kontsentrator balandligi 54 m, kengligi 47 m. Fokusda harorat 3000 darajaga etadi. Dunyoda bunday quyosh sandonlari  ikkita bo’lib, ikkinchisi Frantsiyada joylashgan.

Amaliy mashg’ulotlar dasturida Katta Quyosh sandonida tadqiqotlar va sinovlar o’tkazish, turli materiallar va metallarning quyosh nurlari bilan eritilishi, tungi vaqtda yulduzli osmonni kuzatish, shuningdek, Qumushkon, Zarkent va «Hazrati Ali» tarixiy majmuasi kabi so’lim joylarga sayohat qilish kiradi.

Yozgi maktab ishtirokchilari institut yotoqxonasida, tadbirlar o’tkaziladigan joyga yaqin joyda yashaydilar.

Yozgi maktabda ishtirok etishni talabalarni yaxshi o’qiganliklari uchun va shaxsiy fazilatlarini rag’batlantirish shaklida tashkil etish taklif etiladi. Xarajatlar universitetlar tomonidan qoplanadi. Talabalarni saralash universitet rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.

Bir talabaga ishtirok etish narxi 1,0 mln. so’mni tashkil etadi, va treningdan tashqari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Toshkentdan Quyosh qo’rg’oniga transfer («Mashinasozlar» metro bekati yig’iladigan joy);
  • Yoto`xonada turar joy;
  • Kuniga uch marta ovqatlanish;
  • Bir kunlik ekskursiya safari.
Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.