OʻzR FA “Fizika-Quyosh” IICHB va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi

OʻzR FA “Fizika-Quyosh” IICHB va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi

2019-yilning 9-avgustida Janubiy Koreyaning Seul sh.da Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” IICHB va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha xamkorlik qilishga kelishdilar:

– tomonlarning tadqiqotchilari olib boradigan qoʻshma ilmiy-texnika loyihalari;

– qoʻshma seminarlar, ishchi yigʻilishlar, simpoziumlar va boshqa uchrashuvlar;

– qoʻshma tadqiqotlar va seminarlarni rejalashtirish va oʻtkazish uchun tayyorgarlik safarlari;

– olimlar almashinuvi va kadrlar tayyorlash (doktorantlar va yosh olimlar);

– oʻzaro kelishgan xoldagi boshqa faoliyatlar.

Texnologik hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:

– yangi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari;

– texnologiyalarning komponentlari va materiallari konvergensiyasi (umumlashtirish);

– amaliy optika texnologiyalari;

– metalga ishlov berish;

– mexanik muxandislik;

– tekstil mashinasozligi;

– mexatronika va robototexnika;

– sogʻliqni saqlash va biotibbiyot texnologiyalari;

– va boshqa sanoat texnologiyalari.

Fikr bildirish

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.