
ISCNMH2023 haqidaMa’lumot xatlari (1, 2)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Materialshunoslik institutining 30 yilligiga bag‘ishlangan
“YANGI MATERIALLAR VA GELIOTEXNOLOGIYALAR”
xalqaro ilmiy konferensiyasining
birinchi ma’lumot xati
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Quyosh” qo‘rg‘oni
15-16 may 2023 yil
Konferensiya materiallari asosida maqolalar to‘plami nashr etiladi.
Tashkilotchilar:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida
Hurmatli hamkasblar!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti tomonidan
15-16-may, 2023-yil kunlari Parkent tumanida (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tadigan “Yangi materiallar va quyosh texnologiyalari” xalqaro ilmiy konferensiyasi tashkil etilmoqda.
Xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etish uchun olimlar, muhandislar va texnologlar, shuningdek ilmiy va ishlab chiqarish faoliyati zamonaviy materialshunoslik bilan bog‘liq bo‘lgan qiziquvchi magistr va talabalar taklif etiladi.
Konferensiya maqsadi yangi materiallar, quyosh texnologiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish, takomillashtirish, qo‘llash bo‘yicha tahlil qilish, muhokama qilish va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
