Konferensiya doirasi va mavzulari
Konferensiya dasturi berilgan xossalarga ega boʻlgan koʻp funksiyali materiallarni yaratish bilan bogʻliq ilmiy muammolar, ushbu materiallardan mahsulotlar ishlab chiqarishning ilgʻor texnologiyalari, vodorod energiyasi va qayta tiklanuvchan energiya manbalari uchun zamonaviy materiallar va texnologiyalar iborat.
Konferensiyaning tematik bo‘limlari:
1. Qayta tiklanuvchan energiya manbalari. Kam uglerodli texnologiyalar.
2. Kompozit materiallar va qoplamalar. Berilgan xossalarga ega ko‘p funksiyali materiallar.
3. Vodorod energiyasi materiallari va texnologiyalari.
Konferensiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- materialshunoslik va quyosh texnologiyalari rivojining jahon tendensiyalari, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar darajasi, sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar hamda ularning natijalaridan amaliyotda keng foydalanishni tahlil qilish;
- quyosh energiyasi va kam uglerodli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalarini muhokama qilish;
- vodorod energiyasi uchun materiallar va texnologiyalarni yaratish sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo’yicha bilim va tajriba almashish;
- yangi materiallar va quyosh texnologiyalarini yaratish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- yangi materiallar va quyosh texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
