Taqdim etish qoidalari

Konferentsiyaga taqdim etiladigan materiallarga qo‘yiladigan talablar

1. Konferensiyaning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha alohida yoki hammualliflikda yozilgan ilmiy ma’ruzalar va maqolalarni qabul qilinadi.

2. Chop etilgan materiallar hajmi 2 varoqdan oshmasligi kerak (Shrift: Times New Roman, 14 pt), rasm va jadvallarni hisobga olgan holda, qatorlar oralig‘i 1.2).

3. Har bir talabgor Konferensiyaga har bir bo‘lim yoki yo‘nalish bo‘yicha bittadan ko‘p bo’lmagan maqola taqdim etishi mumkin.

4. Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladigan hujjatlar to‘plami quyidagilardan iborat:

  • 1-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan ariza;
  • ilmiy ma’ruza matni 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda;
  • konferensiyada ishtirok etish uchun taqdim etilgan ilmiy ish tavsiyasi bo‘yicha Ilmiy kengash bayonnomasidan ko’chirma (mahalliy ishtirokchilar uchun).

Agar ishtirokchining tashkilotida Ilmiy kengash mavjud bo‘lmasa, tezislar tashkiliy qo‘mitaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

5. Tashkiliy qo‘mita huzurida taqdim etilgan ma’ruzalarni xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ko‘rib chiqish uchun, konferensiyaning xalqaro ekspertlar kengashi tuziladi.

6. Konferensiyada o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ma’ruzalar ishtirok etishi mumkin.

7. Tashkiliy qo‘mita konferensiyada ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablarga javob bermaydigan ilmiy ma’ruza va maqolalarni qabul qilmaslikka haqli, ular to‘g‘risida talabgorga material taqdim etilgan kundan boshlab, besh kun ichida xabar qilinadi.

Konferensiya materiallari to‘plami chop etilishi va Materialshunoslik institutining www.imssolar.uz veb-saytiga joylashtirilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, konferensiya davomida ekspert komissiyasi tomonidan tanlab olingan 8-10 ta eng yaxshi maqolaning kengaytirilgan varianti “Computational nanotechnology” ilmiy jurnali (www.urvak.ru) talablariga muvofiq chop etish uchun tavsiya etiladi. Nashr etilgan maqolalarga DOIlar beriladi.

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.