E’lon
- Avgust 30, 2024
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti 2025-o‘quv yili uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajer-tadqiqotchilikga qabul e’lon qiladi.
Muhim! Tayanch doktoranturaga (PhD) 8 ta (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari – 3 ta kvota, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari 5 ta kvota), stajer-tadqiqotchilarga 5 ta kvota (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari – 3 ta kvota, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari 2 ta kvota), ixtisosliklar kesimida ajratilganligini ma’lum qilamiz.
Unutmang! Kerakli hujjatlarni PDF formatida tayyorlab, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuborishingiz lozim.
Hujjatlar 2024-yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza.
2. Qisqacha biografik ma’lumot (obektivka).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Pasport nusxasi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa)
8. Xorijiy til sertifikati (tayanch doktorantura uchun).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun X.T. Butanovga (+99893 588 79 07) murojaat qilishingiz mumkin.
