ICAMNSM-2026 konferensiya materiallari

AXBOROT XATI

Xalqaro ilmiy konferensiya

«BARQAROR RIVOJLANISH UCHUN ILG‘OR MATERIALLAR, NANOTEXNOLOGIYALAR VA QUYOSH MATERIALSHUNOSLIGI»

ICAMNSM-2026

2026-yil 29–30-oktabr

Hurmatli hamkasblar!

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlar, tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, sanoat korxonalari va innovatsion kompaniyalar vakillari, yosh olimlar, doktorantlar hamda talabalarni 2026-yil 29–30-oktabr kunlari Toshkent shahrida va Katta quyosh pechi bazasida (Parkent tumani, Toshkent viloyati, O‘zbekiston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan «Barqaror rivojlanish uchun ilg‘or materiallar, nanotexnologiyalar va quyosh materialshunosligi» xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.

Konferensiyaning maqsadi — materialshunoslik, nanotexnologiyalar, quyosh energetikasi va quyosh materialshunosligining zamonaviy yutuqlari hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, barqaror rivojlanish vazifalarini hal etishga qaratilgan innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish.

Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari

I. Istiqbolli materiallarni olish va qayta ishlash uchun mujassamlangan quyosh energiyasi va quyosh pechlari (Azimov o‘qishlari)

  • quyosh energetikasi uchun materiallar;
  • mujassamlangan quyosh nurlanishi sharoitida materiallarni tadqiq etish;
  • yangi materiallarni olishning quyosh-termik texnologiyalari;
  • mujassamlangan quyosh energiyasidan foydalangan holda materiallarni eritish, sintez qilish va modifikatsiyalash jarayonlari;
  • kam uglerodli va resurs tejamkor texnologiyalar.

Mazkur yo‘nalish akademik Sodiq Azimovning ilmiy merosini rivojlantirishga hamda mujassamlangan quyosh nurlanishi sharoitida materiallarni tadqiq etishga bag‘ishlangan. Jahonda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda materiallarni sintez qilish va qayta ishlash texnologiyalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

II. Ilg‘or funksional materiallar

  • energetika va elektronika uchun materiallar;
  • yuqori entropiyali qotishmalar va kompozit materiallar;
  • nanotuzilmali materiallarni sintez qilish va tadqiq etish;
  • ikki o‘lchamli materiallar, nanokompozitlar va funksional qoplamalar.

Yangi materiallarni yaratish zamonaviy sanoatning texnologik rivojlanishidagi eng muhim omillardan biridir. Noyob xossalarga ega bo‘lgan va energetika, elektronika, transport, aerokosmik texnika hamda boshqa yuqori texnologiyali tarmoqlar uchun yangi avlod materiallarini yaratish imkonini beradigan yuqori entropiyali qotishmalar, ikki o‘lchamli materiallar, nanokompozitlar va funksional qoplamalar alohida qiziqish uyg‘otadi.

III. Barqaror energetika va vodorod texnologiyalari uchun materiallar

  • vodorod ishlab chiqarish, saqlash va tashish uchun materiallar;
  • elektrokatalizatorlar va yoqilg‘i elementlari;
  • yangi avlod akkumulyatorlari uchun materiallar;
  • sanoatni dekarbonizatsiya qilish texnologiyalari.

XXI asrning eng muhim global muammolaridan biri ekologik xavfsiz energetikaga o‘tish va uglerod neytralligiga erishishdir. Ushbu vazifalarni samarali hal etish energiyani ishlab chiqarish, saqlash va bir turdan ikkinchi turga samarali o‘zgartirish imkonini beruvchi yangi avlod funksional materiallarini yaratishni taqozo etadi.

Konferensiyaning ishchi tillari

  • o‘zbek tili;
  • ingliz tili;
  • rus tili.

Ishtirok etish shakllari

  • yalpi ma’ruza;
  • og‘zaki ma’ruza;
  • stend ma’ruzasi.

Materiallarni nashr etish

Konferensiya materiallari ISBN raqami berilgan elektron ilmiy ishlar to‘plamida nashr etiladi va konferensiyaning rasmiy saytiga joylashtiriladi. Nashr uchun ma’ruza tezislari ingliz tilida qabul qilinadi. Barcha kelib tushgan materiallar konferensiya mavzusiga va rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi bo‘yicha texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Muhim sanalar

  • Arizalar va tezislarni qabul qilish: 2026-yil 5-oktabrgacha.
  • Ma’ruzalar qabul qilinganligi haqida xabarnoma: 2026-yil 15-oktabrgacha.
  • Konferensiya dasturini e’lon qilish: 2026-yil 25-oktabrgacha.
  • Konferensiyani o‘tkazish: 2026-yil 29-30-oktabr.

O‘tkazilish joyi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi.

Materialshunoslik institutining noyob ilmiy obyekti «Katta quyosh pechi» (Parkent tumani, Toshkent viloyati).

Tashkilotchilar

  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti.

 

Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti

E-mail: conference@imssolar.uz

Web: www.imssolar.uz

Sizni Xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz va samarali ilmiy hamkorlikka umid qilamiz!

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.