2027- yil uchun doktorantura (PhD) va stajer-tadqiqotchilikga qabul e’lon qiladi
- Sentabr 17, 2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Elonlar
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga (stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktorantura) qabul jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi!
Qabul yo‘nalishlari:
05.05.11 — “Vodorod energetikasi texnologiyalari”
05.05.06 — “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari”
Hujjatlar qabuli muddati: 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha.
Hujjatlar Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.
Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktorantura (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka);
Diplom nusxasi — oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda;
Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (stajyor-tadqiqotchilar uchun majburiy emas).
Kirish imtihoni tartibi:
Kirish imtihoni ilmiy-tadqiqot loyihasi taqdimoti (prezentatsiya) va ilmiy suhbat asosida o‘tkaziladi.
