Materialşunoslik instituti direktori Özbekiston ziyolilari kengaşining Andijondagi hududiy yiğilişida iştirok etmoqda
- Noyabr 10, 2026
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Yangiliklar
2026-yil 10–11-noyabr kunlari Andijon viloyatida «Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişi ötkazilmoqda.
Uşbu tadbirda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialşunoslik instituti direktori Odilxöja Parpiyev ham iştirok etdi.
Yiğiliş ilm-fan, taʼlim, madaniyat va boşqa sohalar vakillarini birlaştirib, ziyolilarning mamlakat taraqqiyotidagi örni va masʼuliyatini oşiriş, jamiyat hayotidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiş hamda amaliy takliflar işlab çiqişga qaratilgan.
Anjumanda Yangi Özbekiston taraqqiyotida ziyolilarning örni, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar taʼsirçanligini oşiriş, yoş avlodni milliy qadriyatlar va zamonaviy bilimlar uyğunligida tarbiyalaş kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Maʼlumot örnida, 10–14-noyabr kunlari respublikamizning barça hududlarida şunday yiğilişlar taşkil etilmoqda. Ularda bildirilgan taklif va taşabbuslarni umumlaştirib, Özbekiston ziyolilari kengaşining respublika yiğilişida taqdim etiş rejalaştirilgan.
Institut rahbarining mazkur tadbirdagi iştiroki ilmiy jamoatçilikning jamiyat hayotidagi faolligi hamda ilm-fan va keng jamoatçilik örtasidagi muloqotning ahamiyatini körsatadi.
