Our team grid

  • Parpiyev Odilxoʻja Rayimxoʻjayevich

    Direktor, Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori, katta ilmiy hodim
    +998 70 722 5301

    1965-yil 30-sentyabrda tavallud topgan
    1990-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
    O’zR FA Issiqlik fizikasi bo’limi kichik ilmiy xodimi, O’zR Fan va texnika davlat komitetida Boshqarma boshlig’i, Oz’R Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va tehnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi raisi o’rinbosari – Ijro apparati rahbari, Oz’R Fan va tehnologiyal agentligi Bosh direktorning birinchi o’rinbosari, “Fizika-Quyosh” IIChB bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
    40 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan 1 ta monografiya va 1 ta EHM uchun dastur muallifi.

  • Mamatqosimov Mirzasultan Abduraimovich

    Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Texnika fanlari doktori, etakchi ilmiy hodim
    +998 70 722 5295

    1967-yil 20-janvarda tavallud topgan.
    1991-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
    O’zR FA Materialshunoslik instituti, Katta Quyosh qurilmalari laboratoriyasida kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, sector mudiri, O’zR FA Materialshunoslik instituti ilmiy kotibi lavozimlarida ishlagan.
    60 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan 1 ta monografiya va 2 ta patent muallifi.

  • Abdurahmonov Abdujabbar

    Katta Quyosh qurilmalari laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Texnika fanlari doktori, professor
    +998 90 320 0534

    Asosiy yo’nalishlari: Katta energetik va texnologik maqsadlarda qo’llaniluvchi quyosh qurilmalarni rivojlantirish; quyosh radiatsiyasi oqimining o’lchash usullarini rivojlantirish va texnikasini ishlab chiqish, katta quyosh qurilmalarini yustirovka qilish usullarini ishlab chiqish; mujassamlashgan quyosh nurlanish oqimini issiqlik va elekrt energiyasiga aylantiruvchi qurilmalarni takomillashtirish, shuningdek, energiya tashuvchi sifatida vodorodni olish uchun amalda foydalaniladigan elektr stansiyalarini rivojlantirish; Quyoshning muntazam yorug’lik oqimlari ta’sirida yorug’lik chidamliligini tekshirish usuli bilan tezlashtirilgan yangi texnologiyalarning materiallari va mahsulotlarini oqimlari ta’sirini aniqlash uchun standartini yaratish; KQQ ning operatsion imkoniyatlaridan foydalangan holda turli xil zichlikdagi quyosh nurlari oqimining eng samarali jarayonlarini modda bilan tekshirish, material va jihozlarni quyosh nurlanishiga chidamliligini sinash uchun laboratoriya hamda standart ishlab chiqish, KMT.

  • Gulamova Dilbara Juraevna

    Funktsional materiallar va geliyotexnologiyasi laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Kimyo fanlari doktori, professor
    +998 71 235 7496

    Laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar mujassamlashgan quyosh nurlanishi yordamida qatlamli kristalli tuzilishga ega materiallarni olishga bag’ishlangan. Deyarli barcha oksidli ferro-, piezo va yuqori haroratli o’ta o’tkazuvchi materiallar qatlamli kristalli panjaraga ega.

  • Rakhimov Rustam Khakimovich

    Funktsional keramikalar va unga asoslangan qurilmalar laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Texnika fanlari doktori
    +998 99 803 2468

    Laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar funktsional oksidli keramikaning fizik-kimyoviy asoslarini o’rganish va ularga asoslangan qurilmalar texnologiyasini ishlab chiqarishga qaratilgan.

  • Nurmatov Shavkat Rasulmatovich

    Texnik keramika va olovbardosh materiallar laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Texnila fanlari bo’yicha falsafa doktori
    +998 95 515 1585

    Laboratoriyada o’tga chidamli materiallarning fizika-kimyoviy asoslari va ular asosidagi maxsulotlar olish ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Asosiy vazifalari o’tga bardoshli, yemirilishga chidamli materiallarni mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqarish ustida izlanishlar olib borishdan iborat. Yuqori va o’rta xaroratlar materialshunosligiga ta’luqli bo’lgan va kimyoviy elementlarni ko’p komponentali bir va ikki fazali muxitlarda tarqalishi qonuniyatlarini o’rganish.
    Izlanishlarning asosiy yo’nalishi yangi issiqqa bardoshli, yeirilishga chidamli va kimyoviy ta’sirlarga bardoshli materiallar ishlab chiqarishning fizik-texnologik o’ziga xosliklarini tadqiq qilishdir. Yangi yo’nalishlaridan biri quyosh elektr stansiyalaridagi issiqlik saqlovchi sistemalar uchun nanozarralar bilan aktivlashtirilgan tuz va uglevodorodlar issiqlik sig’imlarini oshirish ustida izlanishlar olib borilayapti.

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Looking for a First-Class Business Plan Consultant?