OʻzR FA “Fizika-Quyosh” IICHB va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi
- Avgust 12, 2019
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Yangiliklar
2019-yilning 9-avgustida Janubiy Koreyaning Seul sh.da Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” IICHB va Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha xamkorlik qilishga kelishdilar:
– tomonlarning tadqiqotchilari olib boradigan qoʻshma ilmiy-texnika loyihalari;
– qoʻshma seminarlar, ishchi yigʻilishlar, simpoziumlar va boshqa uchrashuvlar;
– qoʻshma tadqiqotlar va seminarlarni rejalashtirish va oʻtkazish uchun tayyorgarlik safarlari;
– olimlar almashinuvi va kadrlar tayyorlash (doktorantlar va yosh olimlar);
– oʻzaro kelishgan xoldagi boshqa faoliyatlar.

Texnologik hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
– yangi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
– texnologiyalarning komponentlari va materiallari konvergensiyasi (umumlashtirish);
– amaliy optika texnologiyalari;
– metalga ishlov berish;
– mexanik muxandislik;
– tekstil mashinasozligi;
– mexatronika va robototexnika;
– sogʻliqni saqlash va biotibbiyot texnologiyalari;
– va boshqa sanoat texnologiyalari.
