O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  22-maydagi  304-sonli “Oliy ta’limdan keying ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida “gi qarori ijrosini Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida ta’minlash maqsadida  O’zbekiston Respublikasi  Innovatsion rivojlanish agentligining 2023 yil 31-avgustdagi 01-03/2778-sonli ma’lumotiga muvofiq davlat byudjeti mablag’lari hisobiga o’qitish bo’yicha 2024 yil uchun tayanch doktoranturaga 8 ta (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari-4 ta o’rin, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari 4-ta o’rin), stajer-tadqiqotchilarga 4 ta kvota (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari-2 ta o’rin, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari 2-ta o’rin), ixtisosliklar kesimida ajratilganligini ma’lum qilamiz.

Qo’shimcha ma’lumot uchun Materialshunoslik instituti Ilmiy kotibi J.Z. Shermatovga (+99890 167 55 82) murojaat qilishingiz mumkin.

Приказ АН РУз №21-86