ICAMNSM-2026 xalqaro ilmiy konferensiyasiga taklif etamiz

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlar, tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, sanoat korxonalari va innovatsion kompaniyalar vakillari, yosh olimlar, doktorantlar hamda talabalarni “Barqaror rivojlanish uchun ilg‘or materiallar, nanotexnologiyalar va quyosh materialshunosligi” (ICAMNSM-2026) xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.

Konferensiya 2026-yil 29–30-oktabr kunlari Toshkent shahrida hamda Materialshunoslik institutining noyob ilmiy obyekti — Katta quyosh qurilmasi bazasida, Parkent tumanida bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi materialshunoslik, nanotexnologiyalar, quyosh energetikasi va quyosh materialshunosligi sohalaridagi zamonaviy ilmiy yutuqlar hamda istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlarini muhokama qilish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va barqaror rivojlanishga qaratilgan innovatsion ishlanmalarni ilgari surishdan iborat.

Konferensiyada yalpi, og‘zaki va poster (stend) ma’ruzalari shaklida ishtirok etish mumkin. Konferensiyaning ishchi tillari — o‘zbek, ingliz va rus tillari.

Muhim sana Muddat
Ariza va tezislarni qabul qilish muddati 2026-yil 5-oktabrgacha
Ma’ruzalar qabul qilinganligi haqida xabarnoma 2026-yil 15-oktabrgacha
Konferensiya dasturini e’lon qilish 2026-yil 25-oktabrgacha
Konferensiya 2026-yil 29–30-oktabr

 

Konferensiyada ishtirok etish uchun belgilangan talablarga muvofiq tayyorlangan, hajmi 2 betdan oshmaydigan tezis hamda qatnashuvchi anketasi elektron shaklda yuborilishi lozim.

Materiallarni yuborish va murojaat uchun: conference@imssolar.uz

Rasmiy veb-sayt: www.imssolar.uz

 

Batafsil

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.