Laboratoriyalar va boʻlinmalar

  • Raximov Hamdam Yuldashevich

    Nanomateriallar laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori

    Laboratoriyada kichik o’lchamli nanostrukturalarda zaryadli zarra transportiga doir tadqiqotlar olib boriladi, jumladan ikki o’lchamli uglerod nanostrukturasi (graphene)da kvazizarrani to’lqin paketi deb qarab uni vaqt bo’yicha evolutsiyasi modellashtiriladi hamda, to’lqin paketni to’siqlardan sochilishi to’siq o’lchamlariga va geometriyasiga bog’liqligi o’rganiladi.

  • Shermatov Javohir Zafarovich

    Katta quyosh qurilmalari laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

  • Gulamova Dilbara Juraevna

    Funktsional materiallar va geliyotexnologiyasi laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Kimyo fanlari doktori, professor
    +998 71 235 7496

    Laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar mujassamlashgan quyosh nurlanishi yordamida qatlamli kristalli tuzilishga ega materiallarni olishga bag’ishlangan. Deyarli barcha oksidli ferro-, piezo va yuqori haroratli o’ta o’tkazuvchi materiallar qatlamli kristalli panjaraga ega.

  • Rakhimov Rustam Khakimovich

    Funktsional keramikalar va unga asoslangan qurilmalar laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Texnika fanlari doktori
    +998 99 803 2468

    Laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar funktsional oksidli keramikaning fizik-kimyoviy asoslarini o’rganish va ularga asoslangan qurilmalar texnologiyasini ishlab chiqarishga qaratilgan.

  • Payzullahonov Muhammade-Sultonxon Saidvalixonovich

    Materiallarni sintez qilish va qayta ishlash laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, texnika fanlari bo'yicha fan doktori, DSc
    +998 94 213 1243

    Ma’lumki, materiallarning sirtini turli usullar bilan faollashtirish (mexanik silliqlash, mujassamlangan nurli nurlanish, kimyoviy tozalash va boshqalar) qattiq reaktsiyalarning yo’lini sezilarli darajada o’zgartirishi va yuqori aniq sirt maydoni bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Ushbu materiallar katalizatorlar, adsorberlar ishlab chiqishda qo’llaniladi. Shuningdek, ular nanokatalizatorlar va maxsus filtrlar yaratish uchun ham ishlatiladi.

  • Suleymanov Sultan Xamidovich

    Yuqori haroratli kompozit materiallar va qoplamalar laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori
    +998 71 235 4061, +998 97 777 2651

    Laboratoriyaning ilmiy yo’nalishlari quyosh pechida yuqori haroratli kompozitsion materiallarni sintez qilish va ishlab chiqish hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida metallar (kermets) va oksidlar asosida kompozitsion materiallarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqadi. Ushbu istiqbolli kermet materiallari asosida quyosh issiqlik qabul qilgichlar yaratish. Energiyani tejash uchun asosiy element bo’lgan issiqlikka chidamli qoplamalar yaratish texnologiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Katta quyosh pechida temperaturali va yorug’likli bir xil sharoitda yuqori haroratli kompozit materiallarning xarakteri bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish rejalashtirilgan. Katta quyosh pechkasida kuchlanish va aşınma qarshiligini oshirish uchun qotishma po’latlarni qattiqlashtiruvchi va yemirilishni kamaytirish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish rejalashtirilgan.

  • Mamatqulov Shavkat Isroilovich

    Ko’p funktsional materiyallar laboratoriyasi
    Laboratoriya mudiri, Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori
    +998 71 235 4061

    O’tuvchi metallar va ularning oksidlari (g’ovakli alyuminiy oksidi taglik (G’AO), titan dioksidi va boshqalar) negizidagi nano xajmli katalizatorlarni olish tehnologiyasini yaratish hamda katalitik faollikdagi hususiyatlarning namoyish etishiga olib keluvchi hossalarini o’rganish. Nukleatsiya mehanizmi va metal nanozarrachalairning o’sishi ustidagi tadqiqotlar, nanometr darajasida ularning kattaligi va shaklini nazorat qilish sharoitini aniqlash. 10-100 nm o’lchamlardagi nanozarrachalar shakllanish jarayoni qonuniyatlarini aniqlash, zarrachalarning morfologiyasi, tuzilishi va chidamliligi hamda nano hajmli kompozitlarga berilgan hususiyatlarining ekspluatatsion va fizik-kimyoviy hossalariga turli hil omillarning ta’siri. Istiqbolli nanomaterillar va nanokompozitlarni yaratish, biotexnologiya uchun implantatdagi biofaol nanoqoplamalarning ehlektrokimyovij tiklanishi, faol qoplamali hususiyatga ehga materiallar va kompozitlar va boshqalarni o’rganish.

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Savollaringiz bo'lsa, iltimos, xabar qoldiring.