O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti 2026-o‘quv yili uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajer-tadqiqotchilikga qabul e’lon qiladi

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti 2026-o‘quv yili uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajer-tadqiqotchilikga qabul e’lon qiladi.

Tayanch doktoranturaga (PhD) 4 ta (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari – 2 ta kvota, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari – 2-ta kvota) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2 ta kvota (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari – 1 ta kvota, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari – 1-ta kvota), ixtisosliklar kesimida ajratilganligini ma’lum qilamiz.

Kerakli hujjatlarni PDF formatida tayyorlab, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuborishingiz lozim.
Hujjatlar 2025 yil 5 oktabrdan 5 noyabrgacha qabul qilinadi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun X.T. Butanovga (+99893 588 7907) murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmatli foydalanuvchi!

Agar sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olmoqchi boʻlsangiz, info@imssolar.uz elektron pochta manzilimizga xabar yuboring yoki +998 70 722-53-00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.