Nobel mukofoti laureati Dan Shixtman O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik institutiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 7-noyabr kuni kvazikristallarni ochganligi uchun 2011-yilda “Kimyo” yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan professor Dan Shixtman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik institutiga tashrif buyurdi.

Dan Shixtman tashrif doirasida “Katta Quyosh sandoni” noyob ilmiy obyekti bilan tanishib, Materialshunoslik va Fizika-texnika institutining olimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida “Katta Quyosh sandoni ilmiy obyekti va undan foydalangan holda yaratilgan texnologiyalar va yangi materiallar menda katta taassurot qoldirdi. Bunday noyob ilmiy dargohda mehnat qilayotgan olimlarga ayniqsa, yosh olimlarga havas bilan qarayman. Oldingizda hali yechimini kutayotgan ko‘plab ilmiy masalalar, insoniyat rivojiga hissa qo‘shadigan ishlanmalar ustida ish olib borayotganingizdan xursandman” deb fikr bildirdi professor Dan Shixtman.