-
Sentabr 18, 2023
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti 2024-o‘quv yili uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajer-tadqiqotchilikga qabul e’lon qiladi.
Muhim! Tayanch doktoranturaga (PhD) 8 ta (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari-4 ta kvota, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari 4-ta kvota), stajer-tadqiqotchilarga 4 ta kvota (05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari-2 ta kvota, 05.05.11-Vodorod energetikasi texnologiyalari 2-ta kvota), ixtisosliklar kesimida ajratilganligini ma’lum qilamiz.
Unutmang! Kerakli hujjatlarni PDF formatida tayyorlab, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuborishingiz lozim.
Hujjatlar 2023-yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun J.Z. Shermatovga (+99890 167 55 82) murojaat qilishingiz mumkin.