Ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan xo‘jalik shartnomalari imzolandi

2021 yilning 25-26 fevral sanalarida o‘tkazilgan “Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish forumi” doirasida Materialshunoslik instituti umumiy moliyaviy hajmi 1,78 mlrd. so‘mlik 3 ta xo‘jalik shartnomasini imzoladi:

1. Mahalliy xom ashyodan olein kislotasi ishlab chiqarish texnologiyasi. Buyurtmachi: «Olmaliq KMK» AJ – 1,0 mlrd. so‘m

2. Lak-bo‘yoqni polimerizatsiyalash texnologiyasi.

Buyurtmachi: «Olmaliq KMK» AJ – 150,0 mln. so‘m.

3. «O‘zmetkombinat» AJ texnogen chiqindilaridan va mahalliy xom ashyolardan foydalanilgan holda payvandlash elektrodlari uchun maxsus qoplamalarni yaratish texnologiyasi.

Buyurtmachi: «O‘zmetkombinat» AJ – 630,0 mln. so‘m.