Innovatsion ishlanmalarni qo’llash hamkorliklari

2019 yil 9-11- oktyabr kunlari Materialshunoslik instituti “Texnik keramika va o‘tga chidamli materiallar” laboratoriyasi, xodimlari katta ilmiy xodim Nurmatov Sh.R. va injener Ma’murov Z.F. Navoiy Kon Metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar muhokamasi uchun Navoiy shahridagi Navoiy metal zavodida xizmat safarida bo‘lib qaytishdi.

Xizmat safardan maqsad № IAP 05850 “Himoya qoplamasi olish uchun tarkib” patenti asosida olingan yemirilishga chidamli qoplama materialni sinovdan o‘tkazish bo‘ldi.

 

Himoya qoplamasi Navoiy metal zavodi xududida tayyorlanib uch dona shlikker o‘tkazuvchi moslamalar ichki qismiga qoplandi va pechlarda harorat ostida mustahkamligi ta’minlandi. Ushbu himoya qoplama ishlatilgan qurilmalar sinovga berildi.