InnoWeek.Uz-2022 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Materialshunoslik instituti vodorod energiyasi sohasida eng yaxshi ko‘rgazma nominatsiyasi bilan taqdirlandi va Innovatsion rivojlanish vazirligining sertifikatiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti 18-oktabr kuni boshlangan INNOWEEK.UZ-2022 – Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etdi. Mazkur tadbir doirasida O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar, innovatsion va sarmoyaviy loyihalar keng jamoatchilik va kasb-hunar doiralariga namoyish etilmoqda. Bu yil “InnoWeek.Uz-2022” “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Unda 50 dan ortiq xorijiy davlat, 100 dan ortiq kompaniya va 40 dan ortiq xorijiy tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Haftalik doirasida Technoways texnologik taraqqiyot marafonining respublika bosqichi va International Robotics Challenge (IRC) xalqaro robototexnika tanlovi o‘tkazilmoqda. Institut xodimlari tomonidan “Uglerod ishlab chiqarishning yashil texnologiyasi”, “Yashil vodorod ishlab chiqarish texnologiyasi” kabi ilmiy ishlanmalar va o‘ndan ortiq ilmiy ishlanmalar taqdim etildi.