- Sentabr 5, 2023
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Yangiliklar
Materialshunoslik institutining Fizika-texnika institutidagi hududida Amerika fizika jamiyati aʼzosi, Dallasdagi Texas universiteti qoshidagi Nanotexnologiya instituti direktori oʻrinbosari, ITMO universiteti gibrid nanofotonika va optoelektronika laboratoriyasi hamrahbari, professor Anvar Abdulahadovich Zohidov, Drezden Texnika Universiteti issiqlik mashinalari instituti professori Ralf Heger, Materialshunoslik instituti yuqori haroratli kompozit materiallar va qoplamalar laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi professor Oksengendler Boris Leonidovich, Materialshunoslik instituti direktori Odilxo’ja Parpiyev, hamda “Mahalliy poliakrilonitril xomashyosidan karbon tolalarini sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish” loyixasi rahbari Shavkat Nurmatov ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.
Uchrashuvda respublikada karbon texnologiyalarini rivojlantirish va AQSh dagi xamkorlar bilan karbon nanotrubkalarini tadqiq qilish masalalari muhokama qilindi.
“Mahalliy poliakrilonitril xomashyosidan karbon tolalarini sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish” loyixasining Drezden Texnika Universitetidagi hamkori professor Ralf Heger Materialshunoslik instituti kichik quyosh pechlarida karbon tola olish texnologiyasi ustida olib borilayotgan ilmiy ishlarni yuqori baxoladi.
Uchrashuvdan lavhalar


