O‘zbekiston-Koreya: Materialshunoslik instituti hamda Sanoat texnologiyalari instituti o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston-Koreya: Materialshunoslik instituti hamda Sanoat texnologiyalari instituti o‘rtasida memorandum imzolandi


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga Koreya Sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) prezidendi Nak Kyu Lee boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Materialshunoslik instituti direktori O.R.Parpiyev kutib oldi. Ular dastlab Institut faoliyati, bu yerda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan tanishdi.