- Avgust 29, 2022
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik instituti laboratoriya mudiri, kimyo fanlari doktori Jamoliddin Razzokov Yaponiyaning Kyushu universitetida ilmiy safarda bo’lmoqda. J. Razzokov Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan Plazma qishloq xo’jaligi fundamental loyihasiga rahbarlik qiladi va ushbu loyihada Professor Masaharu Shiratani horijy maslahatchi sifatida jalb etilgan.


Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ekologik toza texnologiyalarga ega bo‘lish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Tajribaviy tadqiqotlar sovuq atmosferali plazma (SAP) urug‘larning rivojlanishini va o‘simliklarning o‘sishini qo‘zg‘ashini, pishib yetish jarayonini tezlashtirishi hamda dalada hosildorlikni oshirishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, SAP texnologiyasidan foydalanish, dalada hosildorlikni oshiribgina qolmay moliyaviy va ekologik ustuvorlik ham beradi. J.Razzokov kelajakda SAP texnologiyasini O’zbekiston sharoitida urug’larda keng qo’llash va dalada hosildorlikni oshirish uchun yapon olimlari bilan ilmiy hamkorlikni davom ettiradi.
