Press reliz

Nurmatov Sh.R. raxbarligidagi «Mahalliy xomashyo maxsulotlardan issiqlik izolatsiya qilivchi materiallar olish ustida izlanish va ularni ishlab chiqarishni o’zlashtirish» O’zbekiston-Vengriya Start Up loyixasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qo’llab quvvatlandi va 2021-2022 yillar amalga oshirildi. Loyiha doirasida Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik instituti qoshidagi “Keramika-Quyosh” MChJga 200 mln. so’mlik ishlab chiqarish uskunalari sotib olindi. Ular xozirda keramik sharlar, issiqlik izolyatsiyasi uchun materiallar ishlab chiqarishga ishlatilmoqda.

Loyiha yakunida Vengriyadagi hamkorlar bo’lmish Archenerg klasteri va Solartech invest kompaniyalari ishtirokida “SunRoad Cluster” MChJ tuzildi va yangi texnologiyalarni Evropadan olib kelish ustida ish boshladi. Yangi tuzilga korxona vazifalariga IT soxasidagi xizmatlar, biznes auditi, raqamlashtirish, energetik audit va energiya tejamkor materiallar ishlab chiqarish kiradi.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki, Archenerg klasteri Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan ham xamkorlik to’g’risida memorandum imzolagan edi.