- Sentabr 12, 2023
- Chop etilgan: admin
- Boʻlim: Yangiliklar
«Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazi olimlari O’zbekistonda-hamkorlik, yangi yo’nalishlar va tadqiqotlar muhokamai uchun Materialshunoslik institutiga tashrif buyirishdi.
Kurchatov instituti (Национальный исследовательский центр «Курчатовский Институт») haqida qisqacha ma’lumot, «Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazi) – Rossiyaning atom energetikasi sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti. Sobiq Ittifoq vaqtida I.V Kurchatov nomidagi Atom energiyasi instituti (Институт Атомной Энергии им. И.В. Курчатова) nomi bilan mashhur edi. Qisqartirilgan shakli KIAE (ruscha: КИАЭ). 1991-yildan 2010-yilgacha u «Kurchatov instituti» Rossiya ilmiy markazi (Роcсийский научный центр «Курчатовский Институт» ) nomi bilan atalgan.
Bugun O’zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqotlar markazi rahbari Dyakova.Y.A rahbarligidagi delegatsiya kutib olindi. Materialshunoslik instituti direktori, fizik olim Odilxo’ja Parpiyev va ilmiy tadqiqot muassasi rahbarlari “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqotlar markazi, Kurchatov Genomika markazi, Sinxron-neytron tadqiqotlar bo’yicha Kurchatov kompleksi vakillari bilan uchrashib, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti va «Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazining kelajakdagi hamkorlik ishlari va loyihalarini muhokama qilishdi.

