Infraqizil nurlanishning rezonans terapiya usuli yordamida infeksiyalarga ta’siri

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik institutida texnika fanlari doktori R.Raximov tomonidan funksional keramika vositasida impul’sli infraqizil nurlanishli qurilma va uni turli sohalarda, jumladan tibbiyotda qo‘llash usuli yaratilgan.

Inson organizmining patalogik jarayonlariga ijobiy ta’sir etuvchi turli nurlantirgichlar ishlab chiqilgan.

Ko‘p yillik (20 yildan ortiq) tadqiqotlar, laboratoriya va klinik sinovlar natijasida quyidagi 4 guruh nurlantirgichlar ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilmoqda:

  1. Immun-tizimini tiklovchi;
  2. Shamollashga qarshi;
  3. Viruslarga qarshi;
  4. Mikrosirkulyasiyani yaxshilovchi.

Virusli infeksiyalarni davolashda, har qanday virus bir yoki bir necha molekulali DNK yoki RNK ligidan kelib chiqib, ularni rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan sharoit – radikal fermentlarni bartaraf etish usuliga asoslangan. Radikal fermentlarning mavjudligi virus o‘zini-o‘zi ko‘paytirishi (nushalanishi) ga olib keladi. Impul’sli nurlanishlar ushbu radikalni faolligini to‘xtatadi. Viruslarning ko‘payishi uchun muhit bo‘lmagandan so‘ng ular halok bo‘lishadi.

Immun-tizimini tiklovchi nurlantirgichlar organizmdagi modda almashinuvi jarayonlari tezligini muvofiqlashtiradi. Natijada, inson immuniteti mustahkamlashadi.

Qurilmalar va usulga mahalliy va xalqaro patentlar, sertifikatlar, guvohnomalar, jumladan FDA (FDA – Food and Drug Administration. Oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlarini sanitar nazorati) sertifikati olingan. Shuningdek, klinik sinovlardan o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar olingan.

Ta’kidlash joizki, impul’sli nurlanish faqat organizm uchun yot va zararli substansiyalarga ta’sir ko‘rsatadi. Usulning inson organizmi yoki salomatligiga salbiy ta’siri yo‘qligi sababli, uni virusli infeksiyalarni davolashda cheklovlar mavjud emas.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, usuldan koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga tavsiya etiladi.