Faol keramik nanoqo‘shimchali kompozision plenkalar sinovlardan o‘tkazilmoqda

«Jizzahplastmassa” AJ korxonasida faol keramik nanoqo‘shimchali kompozision plenkalarni ishlab chiqarish innovasion texnologiyasi sinovlardan o‘tkazilmoqda. Bunday plenkalar, quyosh energiyasidan foydalanib, issiqxonalarda haroratni ko‘tarish va bir me’yorda saqlashga xizmat qiladi.

Farg‘ona, Jizzah va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan sinovlar, plenka, enegiya resurslari (tabiiy gaz, ko‘mir, elektr energiyasi) sarfini 60%gacha kamaytirish, hosildorlikni 30-50%ga oshirish imkoni borligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, dala sharoitlaridagi sinovlar, tashqi harorat –7 ÷ –10 0С bo‘lganda, funksional kompozision plenka bilan qoplangan va qo‘shimcha isitilmayotgan issiqxona harorati +3 ÷ +5 0С ni tashkil etgan.